Tavsif
Sitorai Mohi Xosa («Oy va yulduzlar saroyi») — Buxoroning so'nggi amiri Olimxon yozgi qarorgohi (XIX–XX asr). Sharq va G'arb uslublari uyg'unlashgan saroyda oq zal, oyna zali va tovuslar bog'i bor. Hozirda amaliy san'at muzeyi: so'zana, chinni va milliy liboslar kolleksiyasi.
